Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Fayzullayev: "Osiyo Kubogiga yuqori darajada borishimiz kerak"

Fayzullayev: "Osiyo Kubogiga yuqori darajada borishimiz kerak"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev Eronga qarshi 3:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirdi.

Fayzullayev avvalo stadionga kelib, jamoani qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildirdi.

"O‘yin oson kechmadi. Muxlislar juda yaxshi atmosfera yaratishdi. Menimcha, bahs ularga ham manzur bo‘ldi. Har ikki jamoada imkoniyatlar bo‘ldi, ayrim paytlarda biz, ba’zi vaziyatlarda esa Eron ustunroq ko‘rindi. Eng muhimi, yakunda g‘alaba qozondik", — dedi u.

Abbosbekning ta’kidlashicha, Eron kabi kuchli raqib ustidan qozonilgan g‘alaba jamoaga qo‘shimcha ishonch beradi.

"Bunday raqiblarni yengish har doim yoqimli. Bu jamoaning ruhini ko‘taradi. Endi Toshkentga qaytamiz va Suriyaga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz", — dedi Fayzullayev.

U milliy jamoada shakllanayotgan avlodga ham ijobiy baho berdi.

"Hozir terma jamoada yaxshi avlod yig‘ilgan. Ilgari ham kuchli futbolchilar bo‘lgan, balki ularga qaysidir jihatlar yetishmagandir", — deya qo‘shimcha qildi futbolchi.

Fayzullayev yangi taktik sxema o‘ziga ma’qul kelganini ham aytdi.

"O‘zimni yaxshi his qildim. Yangi taktika menga yoqdi. Albatta, to‘p yo‘qotish yoki noto‘g‘ri pas berish kabi holatlar bo‘ladi — bu futbolning bir qismi. Bosh murabbiy esa shu ruhda davom etib, tempni yana oshirish kerakligini aytdi. Osiyo chempionatiga eng yaxshi holatda borishimiz shart", — dedi u.

Kiritildi: 10:43, 25.09.2026.
O'qildi: 885 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик