Madridning «Real» klubidagi hozirgi inqiroz Florentino Peresning kelajagiga ham ta’sir qilishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, klub prezidentilik sayloviga atigi ikki oy qolgan bir paytda Peres odatdagidan ko‘ra ko‘proq tanqidga uchramoqda. Ayrim qarorlari, jumladan Joze Mourinyoni bosh murabbiy etib tayinlashi ham bahslarga sabab bo‘lgan.
derbyderbyderby.it nashrining yozishicha, agar vaziyat yaxshilanmasa, 79 yoshli Peres prezidentlik vakolatini muddatidan oldin topshirish variantini ham ko‘rib chiqishi mumkin.
Shu bilan birga, bu hozircha faqat taxmin va mish-mish darajasidagi ma’lumot ekani ta’kidlanmoqda.
Florentino Peres 2000 yildan buyon «Real» rahbariyatida ishlab kelmoqda.













