«Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopes Dani Olmo bilan asosiy tarkib uchun raqobat haqida fikr bildirdi.
«Men raqobatni yaxshi qabul qilaman. Dani bilan ikkimiz ham «Barselona» qanday klub ekanini yaxshi tushunamiz. Murabbiy uchun ham oson emas, chunki u har hafta asosiy tarkibni tanlashi kerak.
Shunga qaramay, Dani bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. U jamoada eng yaxshi munosabatda bo‘lgan futbolchilarimdan biri», — dedi Fermin.
Joriy mavsumda Fermin Lopes barcha musobaqalarni hisobga olganda 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Dani Olmo esa 8 ta uchrashuvda qatnashib, 3 ta golli uzatma qayd etgan.













