Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti «Barselona»da markaziy hujumchi — «to‘qqizlik» pozisiyasida o‘ynayotgan Rafinyaning harakatlariga yuqori baho berdi.
Braziliyalik futbolchi joriy mavsum La Liganing 7 ta uchrashuvida 12 ta gol urdi.
«Rafinya avval o‘zi uchun odatiy bo‘lmagan pozisiyada aql bovar qilmas ishlar qilyapti. Ammo hozir qarasak, bu joy endi uning asosiy pozisiyasiga aylangandek.
Vinisiusga kelsak, balki u hozir eng yaxshi davrini boshdan kechirmayotgandir. Ammo biz kelajakda har ikki futbolchi ham jamoa uchun muhim o‘yinchilar bo‘lishiga ishonamiz», — dedi Anchelotti.













