Jahon chempionatidan keyin Superligada eng ko‘p ochko to‘plagan jamoa "Navbahor" bo‘lib turibdi.
Timur Kapadze shogirdlari ushbu davrda 11 ta uchrashuv o‘tkazib, 24 ochko jamg‘argan. Namanganliklar 25 ta gol urib, 13 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha "Neftchi" va "Paxtakor" keyingi o‘rinlarni egallab turibdi. Har ikki jamoa 11 ta o‘yinda 23 tadan ochko to‘plagan. "Nasaf" hisobida esa 20 ochko bor.
Keyingi o‘rinlarda "Dinamo", OKMK va "So‘g‘diyona" 19 tadan ochko bilan joylashgan. "Lokomotiv" 18, "Qizilqum" 16 ochko jamg‘argan.
Jahon chempionatidan keyingi 11 ta tur natijalari bo‘yicha eng kam ochko to‘plagan jamoalar "Mash’al" va "Bunyodkor" bo‘lib turibdi. Ular mos ravishda 4 va 3 ochkoga ega.














