Braziliya terma jamoasi vingeri Vinisius Juniorning golsiz seriyasi 7 ta uchrashuvga yetdi.
U Avstraliyaga qarshi 1:1 hisobida yakunlangan o‘rtoqlik bahsida asosiy tarkibda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi. 65-daqiqada Vinisius almashtirildi.
Futbolchi «Real» va Braziliya terma jamoasi safidagi so‘nggi 11 ta uchrashuvda atigi 1 ta gol urgan.
Vinisiusning so‘nggi goli 26 avgust kuni La Ligada «Espanyol»ga qarshi 2:1 hisobidagi g‘alabali o‘yinda qayd etilgan.
Undan avval esa futbolchi 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida gol urgan edi.













