Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Devid Bekxem JCH-2026 davrida reklama orqali 51 mln dollar ishladi

Devid Bekxem JCH-2026 davrida reklama orqali 51 mln dollar ishladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Devid Bekxem 2026 yilgi Jahon chempionati davrida reklama faoliyati orqali 51 million dollar daromad oldi.

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi musobaqa davomida taxminan 12 ta reklama kampaniyasida ishtirok etgan. U hamkorlik qilgan brendlar orasida Lenovo, McDonald’s, Bank of America, Verizon va Lay’s kabi yirik kompaniyalar bor.

Bekxem 51 million dollarni uning shaxsiy brendini boshqaruvchi DRJB Holdings kompaniyasidan dividend sifatida olgan.

2022 yilda «Inter Mayami» hamegasi mazkur kompaniyadagi 55 foiz ulushini 200 million funtga sotgan, ammo 45 foiz ulushini o‘zida saqlab qolgan.

2026 yilgi Jahon chempionati oldidan kompaniya yana bir qator yirik hamkorlik shartnomalarini imzoladi. Jumladan, Bank of America bilan ko‘p yillik kelishuv tuzildi va Bekxem bankning global sport dasturi elchisiga aylandi.

51 yoshli Bekxem, shuningdek, Hugo Boss uchun erkaklar kolleksiyasini taqdim etdi, Safilo bilan o‘z nomi ostida ko‘zoynaklar liniyasi va Adidas bilan Predator butsalarining cheklangan seriyasini ishlab chiqdi.

Bundan tashqari, u Chempionlar ligasi o‘yinlari paytida Paramount+ orqali namoyish etilgan «Beckham & Friends Live» shousi bo‘yicha yangi shartnoma tuzdi.

Bekxem aktyor va prodyuser Teo Jeyms bilan birga Stella Artois reklamasida ham suratga tushgan. Kampaniya pivo brendining Netflix’dagi «Jentlmenlar» seriali ikkinchi mavsumi bilan hamkorligiga bag‘ishlangan.

Kiritildi: 17:48, 25.09.2026.
O'qildi: 1002 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик