«Milan» afsonasi Andriy Shevchenko sobiq klubini hali ham qalbida saqlashini aytdi.
U Italiya jamoasining hozirgi qiyin davri vaqtinchalik ekanini ta’kidlab, jamoada vaziyatni o‘zgartirish uchun yetarlicha iqtidor va munosib mutaxassislar borligini qayd etdi.
«Milan» hamisha qalbimda va men doimo uning muxlisi bo‘lib qolaman. Italiya ham men uchun ikkinchi vatan», — dedi Shevchenko.













