«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand «Manchester Siti» moliyaviy qoidalarni buzgani bo‘yicha aybdor deb topilgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
Uning fikricha, bu holatdan so‘ng «Manchester Yunayted»ga Angliya chempioni unvonilaridan yana biri berilishi mumkin.
«Yana bir Premyer-liga medali kolleksiyamdan joy oladi», — deb yozdi Ferdinand ijtimoiy tarmoqda.













