Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Ispaniyaga qarshi bo‘lajak uchrashuv oldidan raqibning o‘yin uslubi haqida fikr bildirdi.
«Menimcha, to‘p nazorati ularga katta ustunlik beradi. Bu faqat bizga qarshi emas, istalgan jamoaga qarshi shunday.
Ular futbolini aynan shu tamoyil asosida quradi. Shunday uslubda mashg‘ulot o‘tkazadi va futbolchi sifatida ham shu tarzda tarbiyalangan. Bu ular o‘yinining ajralmas qismi», — dedi Tuxel.













