Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rummenigge "Oltin to‘p"ga asosiy da’vogarni aytdi

Rummenigge "Oltin to‘p"ga asosiy da’vogarni aytdi

Baho:
+ | -

«Bavariya»ning sobiq hujumchisi Karl-Xayns Rummenigge Xarri Keyn joriy yilda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi kerak, deb hisoblaydi.

«O‘tgan mavsumda Xarri «Bavariya» va Angliya terma jamoasi safida 73 ta gol urdi. Bu mingyillikda faqat Lionel Messi undan ko‘proq gol ura olgan. Buning o‘zi ko‘rsatkich. Qolaversa, hujumchilar bu sovrinni tez-tez qo‘lga kiritadi. Hatto bu haqda sun’iy intellektdan so‘radim. Uning javobiga ko‘ra, Xarrining g‘olib bo‘lish ehtimoli 68 foiz. Umid qilamanki, shunday bo‘ladi.

«Bavariya» futbolchisi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritmaganiga ancha bo‘ldi. Men 1980 va 1981 yillarda olgan ikki sovrinimdan beri oradan qirq yildan ko‘proq vaqt o‘tdi.

Shuning uchun bugun bunday natija nafaqat futbolchining o‘zi, balki «Bavariya» uchun ham alohida ahamiyatga ega bo‘lardi», — dedi Rummenigge.

Kiritildi: 20:38, 25.09.2026.
O'qildi: 1210 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик