Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rodri «Manchester Siti»ga belgilanishi mumkin bo‘lgan jazoga munosabat bildirdi

Rodri «Manchester Siti»ga belgilanishi mumkin bo‘lgan jazoga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» yarim himoyachisi Rodri Ernandes Angliyadan kelgan shov-shuvli xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.

«Manchester Siti» jiddiy jazoga duch kelishi mumkin — klub moliyaviy qoidabuzarliklar bo‘yicha qo‘yilgan 115 ta ayblovning 114 tasida aybdor deb topilgan.

«Futbolchilar uchun bu vaziyat jurnalistlar ko‘zi bilan qaragandagidek emas. Men turlicha qarashlarni tushuna olaman, ammo biz pozitiv kayfiyatni saqlab qalishga harakat qilamiz. «Manchester Siti» muvaffaqiyatga erishish uchun qanchalik zahmat chekkanini ko‘rgan inson sifatida ayta olamanki, bu yutuqlarni hech kim hech qachon tortib ololmaydi.

Bu mashaqqatli mehnat mahsuli — bunday narsalarni pulga sotib olib bo‘lmaydi. Biz o‘sha davrda qo‘lga kiritilgan barcha yutuqlarga haqli ravishda erishdik va Angliya futboli tarixidagi eng buyuk davrlardan biriga o‘z hissamizni qo‘shdik. Men klubning aybsizligiga ishonaman. Biz uchun bu masala 2020 yildayoq yopilgan», — dedi Rodri matbuot anjumanida.

Ispaniyalik yarim himoyachi 2019 yilning o‘rtalaridan o‘tgan oyga qadar «Siti» sharafini himoya qilgan edi.

Kiritildi: 06:38, 26.09.2026.
O'qildi: 663 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик