Fransiya terma jamoasi va «Barselona» himoyachisi Jyul Kunde Kilian Mbappe va Usmon Dembele o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi savolga javob berdi.
Tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, yulduzli hujumchilar o‘rtasida nizo kelib chiqqan va Millatlar ligasi doirasida Turkiyaga qarshi kechgan g‘alabali o‘yindan (1:0) so‘ng jurnalistlar bu haqda Kundedan so‘rashdi.
«Muammolar yuzaga kelgan taqdirda, ular o‘z muammolarini hal qilish uchun yetarlicha katta bo‘lib qolishgan. Lekin shaxsan men ular o‘rtasida hech qanday sovuqlikni ko‘rmayapman», – dedi TF1 bilan suhbatda «Barselona» vakili.
Kilian Mbappe va Usmon Dembele, Jyul Kunde kabi juma kungi bellashuvda «uchranglilar»ning asosiy tarkibida maydonga tushishdi. «Real» forvardi 54-daqiqada yagona golni urdi, ammo ko‘p o‘tmay jarohat tufayli almashtirildi.













