Kirish Ro'yxatdan o'tish

Superliganing 11 ta klubini ishonchli boshqaruvga berish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi

Superliganing 11 ta klubini ishonchli boshqaruvga berish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 24 martdagi «Sport sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va sohaga tadbirkorlik sub’ektlarini jalb qilishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori 12-bandi «b» kichik bandiga muvofiq, professional futbol klublarini ishonchli boshqaruvga berish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi.

Tanlov doirasida klubning yillik barcha xarajatlarining kamida 20 foizi miqdorida homiylik mablag‘larini kiritgan tadbirkor yoki tadbirkorlar guruhiga quyidagi klublarni ishonchli boshqaruvga berish rejalashtirilgan:

«Bunyodkor», «Buxoro», «Dinamo», «Qizilqum», «Navbahor», «Nasaf», «Neftchi», «Lokomotiv», «Mash’al», OKMK va «Paxtakor».

Professional futbol klublarini ishonchli boshqaruvga olgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator imtiyozlar nazarda tutilgan.

Jumladan:

— foyda solig‘ini hisoblashda yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasi klublar faoliyatini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan homiylik xayriyalari shaklidagi mablag‘lar summasiga, biroq soliq solinadigan foydaning 10 foizidan oshmagan miqdorda kamaytiriladi;

— futbol klublari futbolchilarining jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashdan ozod qilinishi hamda ular uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanishi ko‘zda tutilgan;

— likvidli garov ta’minotini (klub balansida bo‘lgan bino, inshoot va yer maydonlari bundan mustasno), shuningdek, istiqbolli biznes-rejalarni taqdim etgan holda tijorat banklari tomonidan klublarni sotib olish yoki sport ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlari uchun 1 yillik imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga yillik 14 foiz stavkada kredit ajratiladi;

— klubni boshqaruvga olgan tadbirkorlarning o‘z mahsulot va xizmatlarini sportni ommalashtirish hamda yanada targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan efirlar translyasiyasi davomida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi markaziy va hududiy telekanallarda reklama qilishda 50 foizlik chegirma beriladi.

Tanlov bo‘yicha murojaatlar O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga yo‘llanadi: sh.khodjimurotov@ufa.uz

Manba: @FAUzbekistan
Kiritildi: 11:32, 26.09.2026.
O'qildi: 1574 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик