«Galatasaray» prezidenti Dursun O‘zbek jamoa bosh murabbiyi Okan Burukning kelajagi haqida fikr bildirdi.
«Buruk juda muvaffaqiyatli ishlayapti. Biz ketma-ket to‘rt marta chempion bo‘ldik va hozir beshinchi chempionlik sari harakat qilyapmiz. Futbolchilar ham uni yaxshi ko‘radi.
Yangi shartnoma masalasini Okan bilan muhokama qilamiz. Men jamoadagi barqarorlikni buzmoqchi emasman», — dedi Dursun O‘zbek matbuot anjumanida.
Turkiya chempionatining 6-turida «Galatasaray» «Trabzonspor»ga 0:4 hisobida yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi.
Ayni paytda jamoa Superliga turnir jadvalida 13 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Keyingi turda «Galatasaray» o‘z maydonida «Kasimpasha»ni qabul qiladi.













