Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Liverpul» sobiq futbolchisini yana o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

«Liverpul» sobiq futbolchisini yana o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

Baho:
+ | -

«Liverpul»ning sobiq yarim himoyachisi, hozirda «Lion» safida to‘p tepayotgan Tayler Morton mersisaydliklar safiga qaytishi mumkin. Bu haqda TeamTalk xabar berdi.

«Liverpul» 23 yoshli futbolchining Liga 1dagi rivojlanishini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Jamoa bosh murabbiyi Andoni Iraola esa Mortonning o‘yin saviyasidan juda mamnun va uni klubga qaytarish tarafdori.

Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» Tayler Mortonni 2025 yil yozida «Lion»ga sotgan edi. O‘sha transfer qiymati taxminan 13 million yevroni tashkil qilgan.

Yarim himoyachining «Lion» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt uning bozor qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.

Morton joriy Fransiya chempionati mavsumida 5 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Kiritildi: 13:43, 26.09.2026.
O'qildi: 641 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик