«Manchester Yunayted» vingeri Noa Adjayi klub bilan uzoq muddatli professional shartnoma imzoladi.
17 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda «MYU»ning U-18 jamoasida eng yaxshi o‘yinchilardan biri bo‘ldi. Darren Fletcher boshchiligidagi jamoa Angliya yoshlar kubogi finaliga qadar yetib borgan edi.
Gamburgda tug‘ilgan Adjayi avval Germaniyaning turli yosh toifasidagi terma jamoalari safida ham to‘p tepgan.
Shuningdek, u «Manchester Yunayted»ning U-21 jamoasi tarkibida ham maydonga tushgan.













