«RB Leypsig» himoyachisi va jamoa sardori David Raum mavsum yakunida klubni erkin agent sifatida tark etishi mumkin. Uning «RB Leypsig» bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakunlanadi.
Insayder Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, 28 yoshli futbolchiga A Seriyaning ikki klubi — «Yuventus» va «Torino» qiziqish bildirmoqda.
Shuningdek, Angliya Premyer-ligasining bir qator klublari ham Raumning vaziyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Nemis himoyachisi «RB Leypsig» safida 2022 yil yozidan buyon to‘p tepib kelmoqda. Uning bozor qiymati 25 million yevroga baholangan.
Joriy Bundesliga mavsumida Raum 4 ta o‘yinda maydonga tushdi.













