Niderlandiya terma jamoasi va «Sanderlend» hujumchisi Brayan Brobbi faoliyatini Angliya Premyer-ligasining top-klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football365 xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 24 yoshli forvardni «Manchester Yunayted» o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqmoqda. Transfer qishki transfer oynasida amalga oshishi mumkin.
Ehtimoliy kelishuv qiymati 50 million deb baholanmoqda.
Brobbi 2025 yildan buyon «Sanderlend» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Joriy APL mavsumida Brobbi 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.













