Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Irlandiya darvozaboni Isroilga qarshi o‘yinlarda qatnashishni istamayapti

Irlandiya darvozaboni Isroilga qarshi o‘yinlarda qatnashishni istamayapti

Baho:
+ | -

Irlandiya terma jamoasi darvozaboni Gevin Bazunu milliy jamoadagi sheriklariga Millatlar ligasida Isroilga qarshi o‘yinlarda ishtirok etishni istamayotganini ma’lum qildi.

The Irish Times xabariga ko‘ra, Irlandiya termasining yana bir necha futbolchisi ham ushbu uchrashuvlarda qatnashishdan bosh tortish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Jamoa ichidagi muhokamalar sabab Debresenda o‘tkazilishi rejalashtirilgan matbuot anjumani va mashg‘ulot kechiktirilgan.

Isroil va Irlandiya o‘rtasidagi birinchi uchrashuv 27 sentyabr kuni Debresenda, ikkinchi bahs esa 4 oktyabr kuni Serbiyaning Bachka-Topola shahrida o‘tkazilishi kerak. Har ikki o‘yin neytral maydonga ko‘chirilgan.

Avvalroq Irlandiya bosh murabbiyi Xeymir Xadlgrimsson jamoa ichida ushbu o‘yinlar bo‘yicha turlicha fikrlar borligini va termada hech kim bu uchrashuvlarni o‘tkazishdan o‘zini xotirjam his qilmayotganini aytgan edi.

Shu bilan birga, jamoa sardori Dara O’Shi 24 sentyabr kuni futbolchilar Isroilga qarshi har ikki o‘yinda maydonga tushishga kelishib olganini bildirgan. Ehtimoliy jamoaviy norozilik aksiyasi bo‘yicha qaror esa alohida qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 16:07, 26.09.2026.
O'qildi: 682 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик