Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rodrigo va Militao mashg‘ulotlarga qaytdi

Rodrigo va Militao mashg‘ulotlarga qaytdi

Baho:
+ | -

«Real»ning braziliyalik futbolchilari Eder Militao va Rodrigo mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun ruxsat oldi. Bu haqda MARCA xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, xalqaro tanaffus vaqtida «Real»ning ayrim futbolchilariga bir necha kunlik dam berilgan. Biroq formaga kirishi kerak bo‘lgan ba’zi o‘yinchilar mashg‘ulotlarni davom ettiradi.

Yaqin bir hafta davomida Militao, Rodrigo va Mendi tiklanish jarayonini davom ettirish uchun maxsus dastur asosida shug‘ullanadi.

28 yoshli Militao joriy mavsumda hali birorta ham o‘yinda maydonga tushgani yo‘q.

«Real» tanaffusdan keyingi ilk uchrashuvini 10 oktyabr kuni «Vilyarreal»ga qarshi o‘tkazadi. La Liganing 8-turi doirasidagi bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da boshlanadi.

Kiritildi: 16:48, 26.09.2026.
O'qildi: 987 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик