Britaniyalik jurnalist Pirs Morgan «Manchester Siti»ga nisbatan olib borilayotgan ish bo‘yicha fikr bildirib, klubga eng qattiq sanksiyalar qo‘llanishi kerakligini aytdi.
«Aniq qilib olaylik: «Manchester Siti» Angliya futboli tarixidagi eng yirik moliyaviy firibgarlikda aybdor deb topildi va jazo qoidabuzarliklar miqyosiga mos bo‘lishi kerak.
Kamida klub Premyer-ligadan chetlatilishi va aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan barcha sovrinlaridan mahrum qilinishi lozim», — deb yozdi Morgan.
Avvalroq «Manchester Siti» moliyaviy qoidalarni buzish ishi bo‘yicha aybdor deb topilgani xabar qilingan edi.
Klubga nisbatan yakuniy jazo hali belgilanmagan. Ehtimoliy sanksiyalar orasida jarima, ochkolarni olib tashlash va APLdan chetlatish kabi choralar tilga olinmoqda.













