«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal futbolni avvalo zavq olish uchun o‘ynashini aytdi.
«Gap shundaki, men futbolni yaxshi ko‘raman. Men pul uchun emas, uni sevganim uchun o‘ynayman. Gol yoki golli uzatmalarga haddan tashqari berilib ketgan futbolchilar o‘yindan zavq olmaydi.
Men futbolni zavq uchun o‘ynayman: raqibni aldab o‘tish, bir yoki ikki teginishda o‘ynash, anchadan beri gol urmagan sherigimga gol urishda yordam berish uchun. Muxlislarni xursand qilish uchun. Tribunadan «ole» degan hayqiriqlarni eshitish uchun. Men aynan shuning uchun o‘ynayman.
Uyga qaytib: «Qanday yaxshi vaqt o‘tkazdim», deyman. Agar har bir futbolchi o‘yinga shunday munosabatda bo‘lsa, barchamiz futboldan ancha ko‘proq zavq olar edik», — dedi Yamal.













