Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Italiyalik sobiq futbolchining ahvoli og‘ir

Italiyalik sobiq futbolchining ahvoli og‘ir

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Pablo Osvaldo ko‘krak qafasida suyuqlik to‘planishi sabab operasiya qilindi va hozir reanimasiya bo‘limida qolmoqda.

TyC Sports ma’lumotiga ko‘ra, 40 yoshli sobiq futbolchi bir necha kun davomida o‘zini yomon his qilganidan so‘ng payshanba kuni kechqurun shifoxonaga yotqizilgan. Unda plevra bo‘shlig‘ida suyuqlik to‘planishi aniqlanib, jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.

Osvaldoni Banfilddagi uyidan singlisi topgan va tibbiy yordam chaqirgan. U keyinchalik futbolchini shifoxonaga kuzatib borgan.

Operasiyadan so‘ng Osvaldo reanimasiyada qolmoqda. Uning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda, shifokorlar prognozi ehtiyotkorona. Shifoxona hozircha rasmiy tibbiy ma’lumot bermagan. Jurnalist Anxel de Britoning xabar berishicha, Osvaldoning o‘pka to‘qimasining bir qismi olib tashlangan bo‘lishi mumkin. Ammo bu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan.

Osvaldo professional faoliyatini 2020 yilda yakunlagan. U «Roma», «Yuventus», «Inter», «Portu», «Sautgempton», «Espanyol», «Boka Xuniors» kabi klublarda o‘ynagan va Italiya terma jamoasi safida 14 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Kiritildi: 19:17, 26.09.2026.
O'qildi: 924 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик