Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Reynders Saudiya Arabistoniga nega o‘tganini ochiq aytdi

Reynders Saudiya Arabistoniga nega o‘tganini ochiq aytdi

Baho:
+ | -

"Al-Qodisiya" yarim himoyachisi Tijani Reynders Saudiya Arabistoni klubiga nega o‘tishga qaror qilganini tushuntirdi.

Futbolchi bu borada ochiq gapirib, transferda maosh asosiy omillardan biri bo‘lganini tan oldi.

"Futbolchilik faoliyatim yakunlanganidan keyin ishlashga majbur bo‘lishni istamayman. Buni yashirmayman. Ushbu shartnomani imzolab, hatto nevaralarim uchun ham moliyaviy barqarorlikni ta’minlay olaman. Shunday ekan, nega bu imkoniyatdan foydalanmasligim kerak?" — dedi Reynders.

Tijani Reynders yozda klubini almashtirib, "Manchester Siti"ni tark etdi va "Al-Qodisiya" safiga qo‘shildi.

Avvalroq niderlandiyalik yarim himoyachi "Milan"dan "Manchester Siti"ga o‘tgan edi.

Kiritildi: 21:25, 26.09.2026.
O'qildi: 591 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик