Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Rodri "Barselona"ga Xoland transferini ko‘rib chiqishni tavsiya qildi

Rodri "Barselona"ga Xoland transferini ko‘rib chiqishni tavsiya qildi

Baho:
+1 | -

"Barselona" yarim himoyachisi Rodri kataloniyaliklar tarkibni qanday kuchaytirishi mumkinligi haqida o‘z fikriga ega. "Oltin to‘p" sohibi jamoada Erling Xolandni ko‘rishni istamoqda.

"Rodri Xolandni "Manchester Siti"da birga o‘ynagan davridan juda yaxshi biladi va uning o‘yin uslubi Flik jamoasiga ideal mos keladi, deb hisoblaydi. Shuning uchun u, agar Xolandning ketishi uchun real imkoniyat paydo bo‘lsa, klub hech bo‘lmaganda vaziyatni o‘rganib, futbolchining vakillari bilan uchrashishini istaydi", — deyiladi El Nacional xabarida.

Manbaga ko‘ra, "Manchester Siti" atrofidagi muammolar Xoland transferi uchun imkoniyat ochishi mumkin. Klub moliyaviy qoidalarni buzish bo‘yicha ko‘plab ayblovlarda aybdor deb topilgani xabar qilingan, ammo jarayon hali yakunlanmagan va "Siti" apellyasiya berishi kutilmoqda.

"Rodrining fikricha, markaziy himoyachilarni doimiy ravishda o‘ziga tortib turadigan hujumchining bo‘lishi Pedri va Yamalga ham katta foyda keltiradi", — deb yozadi manba.

Agar Xoland "Barselona"ga o‘tsa, Rafinya yana qanotdagi odatiy pozisiyasiga qaytishi mumkin. Flik 2026/27 mavsumi boshida braziliyalik futbolchini markaziy hujumchi sifatida ishlata boshlagan edi.

Kiritildi: 22:35, 26.09.2026.
O'qildi: 425 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик