Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Misr terma jamoasi bosh murabbiyining kelajagi so‘roq ostida

Misr terma jamoasi bosh murabbiyining kelajagi so‘roq ostida

Baho:
+ | -

Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Hossam Hassanning lavozimidagi kelajagi so‘roq ostida qoldi. Bu haqda Cairo 24 xabar berdi.

So‘nggi kunlarda Hassan bir nechta bahsli vaziyatlar markazida qoldi. Uning darvozabon Muhammad ash-SHenaviy haqidagi gaplari katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Shuningdek, murabbiy Angolaga qarshi o‘yinning 61-daqiqasida Muhammad Salohni almashtirgani uchun ham tanqid qilindi. Qohirada o‘tgan Afrika Kubogi saralash uchrashuvi 0:0 hisobida yakunlangan edi.

Misr futbol federasiyasi 29 sentyabr kuni Janubiy Sudanga qarshi o‘yinda va undan keyin JAR bilan o‘rtoqlik uchrashuvida natija qoniqarsiz bo‘lsa, vaziyatni qanday hal qilish bo‘yicha bir nechta variantni ko‘rib chiqmoqda.

Agar Hassan iste’foga chiqarilsa, federasiya xorijlik murabbiyni tayinlash variantiga murojaat qilishi mumkin.

Hossam Hassan Misr terma jamoasini tarixda birinchi marta Jahon chempionatining 1/8 finaliga olib chiqqan edi. Ushbu bosqichda misrliklar Argentinaga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Kiritildi: 22:48, 26.09.2026.
O'qildi: 268 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик