Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Portugaliya murabbiyi Ronalduning asosiy tarkibdagi o‘rni haqida gapirdi

Portugaliya murabbiyi Ronalduning asosiy tarkibdagi o‘rni haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu Millatlar ligasi A ligasining 2-turida Norvegiyaga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshlaydimi-yo‘qmi, hali qaror qilmaganini aytdi.

— Krishtianu Ronaldu asosiy tarkibdagi o‘rniga loyiqmi?

— Uning Uelsga qarshi o‘yinidan boshlaylik. Biz jarima maydoni ichidan 15 ta zarba berdik, ularning yettitasi Ronaldu hisobiga to‘g‘ri keldi. Shu yetti zarbaning ikkitasi darvoza tomon aniq yo‘naltirildi.

Unda yettita vaziyat bo‘ldi. Boshqa o‘yinlar bilan solishtirganda, bu ko‘p. Ilgari unda bir-ikkita vaziyat bo‘lardi yoki umuman bo‘lmasdi.

Albatta, u yaxshiroq o‘ynay oladi. Gol urishga ham yaqin keldi. U 65 daqiqa maydonda harakat qildi, endi uning holatini yana kuzataman. Asosiy tarkibda tushiramanmi yoki zaxirada qoldiramanmi — keyin qaror qilaman.

Krish, xohlaymizmi-yo‘qmi, 20 yoshli Joau Nevesh emas. Nevesh har uch kunda ketma-ket ikki o‘yin o‘tkaza oladi", — dedi Jezush.

Kiritildi: 23:18, 26.09.2026.
O'qildi: 269 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик