Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gudmundsson Islandiya terma jamoasi o‘yinida yelkasidan jarohat oldi

Gudmundsson Islandiya terma jamoasi o‘yinida yelkasidan jarohat oldi

Baho:
+ | -

"Lasio" vingeri Albert Gudmundsson Islandiya terma jamoasining Estoniyaga qarshi Millatlar ligasi o‘yinida jarohat oldi. Bu haqda Football Italy xabar berdi.

Gudmundsson noqulay yiqilish oqibatida jarohatlandi va 0:0 hisobida ketayotgan o‘yinning 30-daqiqasida maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Uning o‘rniga Isak Torvaldsson tushdi. Uchrashuv yakunda 1:1 hisobida tugadi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 29 yoshli futbolchining yelkasi chiqqan bo‘lishi mumkin. Jarohat darajasini aniqlash uchun qo‘shimcha tibbiy tekshiruvlar talab etiladi.

Gudmundsson transfer oynasining so‘nggi kunida "Fiorentina"dan "Lasio"ga keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijara asosida o‘tgan edi.

U Rim klubi safida 3 ta o‘yin o‘tkazib, har safar zaxiradan maydonga tushdi. Futbolchi 7 sentyabr kuni "Udineze"ga qarshi debyut uchrashuvida 1 ta gol urgan.

Kiritildi: 23:51, 26.09.2026.
O'qildi: 781 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик