"Liverpul" yarim himoyachisi Aleksis Mak Allister Madridning "Real" klubi qiziqish doirasiga tushdi.
Madridliklar kelajagi hozircha noaniq bo‘lib turgan argentinalik futbolchining vaziyatini diqqat bilan kuzatmoqda.
27 yoshli Mak Allisterning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Yaqinda futbolchi shartnomani uzaytirish masalasida hech qanday siljish bo‘lmayotganidan norozi ekanini aytgan.
Transfer News Live nashri Football Insider’ga tayanib xabar berishicha, agar "Liverpul" Mak Allister bilan yangi shartnoma imzolamasa, "Real" futbolchi uchun asosiy da’vogarlardan biri bo‘ladi.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Aleksis Mak Allisterning bozor qiymati 70 million yevroni tashkil qiladi.













