Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Arsenal" yarim himoyachisi Maylz Lyuis-Skellining o‘yini haqida fikr bildirdi.
Shanba kuni futbolchi Millatlar ligasida Ispaniyaga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlab, 70-daqiqagacha maydonda harakat qildi. Shu kuni u 20 yoshga to‘ldi.
"Uning klub darajasida nega shunchalik yaxshi o‘ynayotgani va nega kuchli taassurot qoldirgani shundan. Aynan shu sabab u o‘z imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Bu yerda hech qanday sovg‘a yo‘q — hatto tug‘ilgan kunga ham. Ha, bugun uning tug‘ilgan kuni edi.
U "Arsenal"da yarim himoyada o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi. Menimcha, bu pozisiya unga himoyaning chap qanotida o‘ynashdan ko‘ra ko‘proq mos keladi.
U juda yaxshi o‘yin o‘tkazdi va undan talab qilingan barcha vazifalarni bajardi. Yaxshi o‘yin bo‘ldi", — dedi Tuxel.
Angliya "Uembli"da Ispaniyaga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.













