Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Dyokeresh "Arsenal"dagi holatidan norozi: "Ko‘proq o‘ynashni istayman"

Dyokeresh "Arsenal"dagi holatidan norozi: "Ko‘proq o‘ynashni istayman"

Baho:
+ | -

"Arsenal" hujumchisi Viktor Dyokeresh jamoadagi hozirgi holatidan norozi ekanini tan oldi.

Shvesiyalik futbolchi joriy mavsumda "Arsenal" safida bor-yo‘g‘i 2 ta o‘yinni asosiy tarkibda boshlagan. Premyer-ligada esa u ikki marta zaxiradan maydonga tushgan. 28 yoshli hujumchi hozircha gol urgani yo‘q.

"Albatta, "Arsenal"da ko‘proq o‘ynamayotganim alam qiladi. Qaysi jamoada bo‘lishingdan qat’i nazar, bu doim xafa qiladi, chunki maydonga tushishni, jamoaga foyda keltirishni va gol urishni istaysan.

Ba’zida bu haqiqatan ham tushkunlikka soladi, ammo imkoniyat berilganda bor kuchimni berishga harakat qilaman. Men o‘zimga bog‘liq bo‘lgan narsalarga e’tibor qaratyapman", — dedi Dyokeresh.

Viktor Dyokeresh 2025 yil yozida Lissabonning "Sporting" klubidan "Arsenal"ga qariyb 67 million yevroga o‘tgan edi.

Kiritildi: 08:55, 27.09.2026.
O'qildi: 427 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик