"Barselona"ning braziliyalik hujumchisi Rafinya Dias Chempionlar ligasi yarim finalida "Inter"dan uchralgan mag‘lubiyatni hali ham unuta olmayotganini aytdi.
"Biz qo‘lga kiritgan sovrinlar ro‘yxatida hozircha Chempionlar ligasi g‘alabasi yetishmayapti. Men 2025 yilgi "Inter"ga qarshi yarim finalni hali ham unuta olmayman.
Biz finalga juda yaqin edik, ammo o‘sha tajriba nihoyatda og‘riqli bo‘ldi. Vaziyat juda qiyin edi. Lekin orqaga qarab, o‘sha paytda jamoamiz juda yosh bo‘lganini tushunasiz.
Bugun esa ruhiy jihatdan ancha yetukmiz va Chempionlar ligasida albatta uchraydigan qiyin sinovlarga tayyorroqmiz", — dedi Rafinya.
Rafinya 2022 yildan beri "Barselona" safida o‘ynab kelmoqda.













