Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Lamin Yamalning o‘yin uslubi haqiqatan ham o‘zgargan-o‘zgarmagani haqidagi savolga javob berdi.
Jurnalistlar 19 yoshli "Barselona" vingeri oxirgi paytlarda driblingga kamroq kirishayotgani va ko‘proq pas berishni tanlayotganiga e’tibor qaratdi.
"Unga "Barselona"da nimalar deyishlarini bilmayman, ammo terma jamoada u har bir konkret o‘yin talab qilganidek harakat qiladi.
Lamin — istisno darajadagi futbolchi. U har bir o‘yinda, har bir alohida vaziyatga moslasha oladi", — dedi de la Fuente.
Shanba kuni Yamal "Uembli"da Angliyaga qarshi 3:2 hisobidagi g‘alabada jamoasiga yordam berdi. U uchrashuvning 2-daqiqasida hisobni ochgan edi.













