Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn Millatlar ligasida Ispaniyaga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
"Uchrashuv juda keskin kechdi. Hammasi butunlay boshqacha yakunlanishi mumkin edi. Biz yaxshiroq o‘ynadik, ayniqsa birinchi bo‘lim oxirida. Ikkinchi bo‘limning dastlabki 20 daqiqasi ham juda yaxshi o‘tdi — raqibga kuchli bosim o‘tkazdik. Muvaffaqiyatsiz startdan keyin o‘zimizni yaxshi namoyon qila oldik.
Noqulay paytda o‘tkazib yuborilgan omadsiz goldan keyin yana o‘yinga qaytish qiyin bo‘ldi", — deya Keynning so‘zlarini keltiradi The Touchline.













