"Nyukasl"dan "Yuventus"ga ijaraga berilgan hujumchi Nik Voltemade yana "Bavariya"ning transfer nishonlaridan biriga aylanishi mumkin.
Hozircha Myunxen klubi 24 yoshli futbolchi bo‘yicha muzokara boshlashni rejalashtirmayapti. Biroq jurnalist Kristian Falk ma’lumotiga ko‘ra, agar Voltemade Italiyadagi ijara davrida o‘zini yaxshi ko‘rsatsa, vaziyat o‘zgarishi mumkin.
"Bavariya" rahbariyati jamoa tarkibida Germaniya terma jamoasi futbolchilari ko‘proq bo‘lishini istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" 2025 yil yozida Voltemadeni qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogarlardan biri edi. Ammo "Nyukasl" kurashga qo‘shilib, "Shtutgart"ga 75 million yevro taklif qildi.
Angliyada Voltemade unga bildirilgan umidlarni to‘liq oqlay olmadi va hozir A Seriyada o‘zini sinab ko‘rmoqda.













