"Inter" markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni yana "Barselona" bilan bog‘lanmoqda.
Kataloniya klubi kelasi yil himoya chizig‘ini kuchaytirish variantlarini o‘rganmoqda. Transfer News Live’ning TEAMtalk’ka tayanib xabar berishicha, "Barselona" italiyalik futbolchi uchun da’vogarlar qatorida turibdi.
Bastoniga Yevropaning boshqa yirik klublari ham qiziqish bildirmoqda. Avvalroq 27 yoshli himoyachiga Angliya Premyer-ligasi jamoalarining qiziqishi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil bahorida "Barselona" Bastoni uchun asosiy da’vogarlardan biri sifatida ko‘rilgan, ammo o‘shanda transfer bo‘yicha aniq qadamlar tashlanmagan.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, "Inter" himoyachisining bozor qiymati 65 million yevroni tashkil qiladi.













