Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kin va Rayt "Manchester Siti"ni jazolashga chaqirdi

Kin va Rayt "Manchester Siti"ni jazolashga chaqirdi

Baho:
+ | -

Sobiq futbolchilar Roy Kin va Ian Rayt APL moliyaviy qoidalarini buzish bo‘yicha ishda mustaqil komissiya qaroridan keyin "Manchester Siti"ni jazolashga chaqirdi.

Komissiya klubni qo‘yilgan 115 ta ayblovning 114 tasi bo‘yicha aybdor deb topgani aytilmoqda.

Angliya va Ispaniya o‘rtasidagi Millatlar ligasi o‘yini vaqtida ITV efirida Kin shunday dedi:

"Bu juda uzoq davom etdi. Bu klubning o‘z tanlovi edi — ular qoidani buzish yo‘lini tanladi. Shuning uchun so‘nggi yillarda qo‘lga kiritgan barcha narsalari uchun jazo olishi kerak".

Rayt ham Kinning fikrini qo‘llab-quvvatlab, "Manchester Siti"ning harakatlari boshqa jamoalar va futbolchilarning natijalariga ham ta’sir qilgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.

"Bu "Liverpul", Yurgen Klopp va o‘sha jamoaning merosidan nimalarni tortib oldi? Ular yana nimalarni yutishi mumkin edi? Kin haq — qoidalar buzilgan, boshqa odamlar esa ulkan imkoniyatlarni qo‘ldan boy bergan", — dedi Rayt.

Shu bilan birga, "Manchester Siti" raisi Xaldun Al-Muborak muxlislarga yo‘llagan ochiq maktubida klub o‘zini aybsiz deb hisoblashini yana bir bor ta’kidladi.

U jarayon hali yakunlanmaganini va "Siti" o‘z pozisiyasini himoya qilishda davom etishini bildirdi.

Kiritildi: 09:59, 27.09.2026.
O'qildi: 434 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик