"Manchester Yunayted" va "Chelsi"ning sobiq futbolchisi Xuan Mata "Manchester Siti"ga berilishi mumkin bo‘lgan jazo haqida fikr bildirdi.
Mustaqil komissiya "Siti"ni 115 ta ayblovning 114 tasi bo‘yicha aybdor deb topgani aytilmoqda. Klubdan nafaqat joriy mavsum, balki 2009–2018 yillar davri uchun ham ochkolar olib tashlanishi mumkin.
"Menga ko‘plab o‘yinlarda qatnashish va ko‘p sovrinlar yutish nasib qildi, ammo Premyer-ligada hech qachon chempion bo‘lmaganman. Yoki baribir chempion bo‘lganmanmi?
Bu ish qanday yakunlanishini bilmayman, ammo menimcha, ayblovlar asosli.
Albatta, Rodrining gaplarida ham ma’no bor — u maydonda ular eng yaxshi bo‘lganini his qiladi. Ammo g‘alaba qozonish uchun qoidalarni buzish mumkinligini kim aytdi?" — dedi Mata.
2009–2018 yillar oralig‘ida "Manchester Siti" Premyer-ligada uch marta chempion bo‘lgan.













