Angliya terma jamoasi hujumchisi Garri Keyn Millatlar ligasi guruh bosqichida Ispaniyaga qarshi o‘yindan keyin OAV vakillariga fikr bildirdi.
"Biz yaxshi o‘yin o‘tkazdik, ammo raqiblarimiz bekorga jahon chempioni bo‘lmagan.
Penaltidan foydalana olmaganimga kelsak, men sirpanib ketdim. Omadim kelmadi", — dedi 33 yoshli hujumchi.
Angliya va Ispaniya o‘rtasidagi uchrashuv "Uembli" stadionida bo‘lib o‘tdi. Tomas Tuxel shogirdlari keskin bahsda Ispaniyaga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Angliya navbatdagi o‘yinini 29 sentyabr kuni safarda Chexiyaga qarshi o‘tkazadi.













