"Yuventus" kelasi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish variantlari ustida ishlashni boshladi.
Football Italia nashri La Gazzetta dello Sport’ga tayanib xabar berishicha, Turin klubi "Manchester Siti" yarim himoyachisi Mateo Kovachich, "RB Leypsig" chap qanot himoyachisi David Raum va "Milan" himoyachisi Fikayo Tomoriga qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, "Yuventus" mavsum oxirida shartnomasi yakunlanadigan futbolchilar bilan ehtimoliy kelishuvlarni oldindan tayyorlab qo‘ymoqchi.
Klub Chempionlar ligasiga yo‘llanma ololmaganidan keyingi moliyaviy cheklovlar fonida, ayniqsa, erkin agent maqomida qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan futbolchilarga katta e’tibor qaratmoqda.
So‘nggi yillarda "Yuventus" bunday transferlar ustida muvaffaqiyatli ishlagan. Football Italia bunga misol sifatida Jonatan Devidning transferini keltirdi.













