Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Manchester Siti" ishi bo‘yicha chiqarilgan qarorga munosabat bildirdi.
Juma kuni "Siti" APL moliyaviy qoidalarini buzish bilan bog‘liq deyarli barcha ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topilgani ma’lum bo‘lgan edi. Faqat bitta ayblov bundan mustasno.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil fevralda APL "Manchester Siti"ni 2009–2018 yillar oralig‘ida moliyaviy qoidalarni 115 marta buzganlikda ayblagan edi. Keyinroq The Times nashri ayblovlar soni 130 ta ekanini, dastlab ayrim qoidalar bo‘yicha hisoblashda chalkashlik yuz berganini xabar qildi.
"Manchester Siti" futbolchilari buni muhokama qilayotgan bo‘lishi mumkin. Ammo men bu haqda izoh bermayman, chunki tushunishimcha, huquqiy jarayon hali davom etyapti.
Men bu mavzuni o‘zim ko‘targanim yo‘q. Odatda yangiliklarni oxirgi bo‘lib eshitaman. Terma jamoa yig‘inda bo‘lgan paytimda faqat Ispaniyaga qarshi o‘yin, mashg‘ulotlar va yig‘ilishlarga e’tibor qaratdim.
Albatta, futbolchilar bu haqda gaplashayotgan bo‘lishi mumkin, ammo bu holat ularni chalg‘itganini sezmadim", — dedi Tuxel.













