Angliya terma jamoasi himoyachisi Jarell Kuansa Ispaniyaga qarshi uchrashuv yakunlari haqida fikr bildirdi.
"Betaraf tomoshabin uchun yaxshi o‘yin bo‘ldi. Birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin qiyin vaziyatga tushib qoldik.
Ammo tanaffusdan so‘ng ancha kuchaydik va raqibga bosim o‘tkaza oldik. Maydondagi vaziyat boshqacha kechib, 3:1 hisobida oldinga chiqib, uchrashuvni o‘z foydamizga hal qilishimiz mumkin edi. Afsuski, buni amalga oshira olmadik", — dedi futbolchi BBC Radio 5 Live efirida.













