Angliya terma jamoasi Millatlar ligasi 1-turida o‘z maydonida Ispaniyaga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Angliya 1995 yil iyunidan beri ilk bor ketma-ket ikki o‘yinda kamida 3 tadan gol o‘tkazib yubordi. Bundan oldin jamoa JCH-2026ning 3-o‘rin uchun bahsida Fransiyani 6:4 hisobida mag‘lub etgan edi.
Barcha musobaqalardagi so‘nggi 6 ta o‘yinda Angliya 13 ta gol o‘tkazdi. Bu Tomas Tuxel boshqaruvidagi dastlabki 17 ta o‘yinda o‘tkazilgan 7 ta goldan deyarli ikki barobar ko‘p.
Shuningdek, Angliya 2019 yil iyunidan beri ilk bor birinchi bo‘limdan keyin hisobda oldinda bora turib mag‘lubiyatga uchradi.
O‘shanda inglizlar Millatlar ligasida Niderlandiyaga yutqazgan edi. Shundan keyin Angliya birinchi bo‘limdan so‘ng hisobda oldinda bo‘lgan 42 ta o‘yinning 41 tasida g‘alaba qozongan, yana bir bahs durang bilan yakunlangan.













