Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Trafford: "Biz shunchaki gol o‘tkazishni to‘xtatishimiz kerak"

Trafford: "Biz shunchaki gol o‘tkazishni to‘xtatishimiz kerak"

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi darvozaboni Jeyms Trafford Millatlar ligasi 1-turida Ispaniyaga qarshi 2:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin fikr bildirdi.

"Men Angliya bilan reytingda bizdan yuqori turgan jamoalar o‘rtasida katta farq bor, deb aytmagan bo‘lardim. Biz ham, shubhasiz, top darajadagi jamoamiz va har bir o‘yinda buni ko‘rsatyapmiz. Bizda juda ko‘p yuqori saviyali futbolchilar bor va jamoa tobora kuchayib bormoqda.

Albatta, biz shunchaki gol o‘tkazishni to‘xtatishimiz kerak. Haqiqat shu. Bu masalani albatta tahlil qilamiz.

Ispaniya ham juda kuchli jamoa va ular yaxshi sur’atda ketyapti. Lekin birinchi bo‘limda bizda ham yaxshi pallalar bo‘ldi — ketma-ket ikki gol urdik. Ikkinchi bo‘lim boshida esa, menimcha, aniqroq biz yaxshiroq o‘ynadik.

Bunday katta o‘yinlarda tashabbus doim bir tomondan ikkinchi tomonga o‘tib turadi. Chunki har ikki jamoada ham ajoyib futbolchilar bor.

Biz juda yaxshi intensivlikda o‘ynadik. Katta jasorat ko‘rsatdik. Ijobiy jihatlar ko‘p edi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri va ishonch bilan hujum qildik, tezlik ham bor edi. Bugun jamoada ishonch juda yuqori edi va bu yaxshi holat", — dedi 23 yoshli Trafford.

Angliya Millatlar ligasidagi navbatdagi o‘yinini 29 sentyabr kuni safarda Chexiyaga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 10:11, 27.09.2026.
O'qildi: 355 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик