Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 ta oltin va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi.
— Ibodatxon Agojonova. -57 kg vazn toifasida finalda Xitoy Taybeyi vakilasini mag‘lub etib, Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi.
— Shohruxxon Baxtiyorov. +90 kg vazn toifasida finalda tojikistonlik Shakarmamad Mirmamadovdan ustun kelib, oltin medalga ega chiqdi. Uning chempionligi O‘zbekiston delegasiyasi uchun Aichi-Nagoyadagi 10-oltin medal bo‘ldi.
Ushbu vazn toifasida yarim finalda Baxtiyorovga mag‘lub bo‘lgan Bekmurod Oltiboyev esa bronza medal bilan taqdirlandi.
Shu tariqa, kurashchilar O‘zbekiston delegasiyasining Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlaridagi medallar xazinasini yanada boyitishdi.













