Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich Millatlar ligasi guruh bosqichi 1-turida Chexiyaga qarshi o‘tkazilgan va 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yindan so‘ng fikr bildirdi. Ushbu uchrashuvda Modrich gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi.
«Bu juda muhim g‘alaba bo‘ldi. Biz uni bosh murabbiyimizga bag‘ishlamoqchi edik. Juda ko‘p yaxshi vaziyatlar yaratdik va hisobda bir necha gol farqi bilan oldinda borishimiz ham mumkin edi. Ammo keyin biroz tartibni yo‘qotdik va maydonda o‘yin ikki tomonga ham og‘ib ketdi. Yakunda hammasi biz uchun yaxshi tugaganidan xursandmiz. Endi keyingi o‘yinlar haqida o‘ylashimiz kerak», — dedi 41 yoshli futbolchi Sport HRT nashriga.
Millatlar ligasining 2-turida Xorvatiya terma jamoasi safarda Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 29 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.













