Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

De la Fuente Erik Garsiyaning jarohati haqida ma’lumot berdi

De la Fuente Erik Garsiyaning jarohati haqida ma’lumot berdi

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Angliyaga qarshi uchrashuv (3:2) oldidan jarohat olgan Erik Garsiyaning holati haqida ma’lumot berdi.

"Erik Garsiya mashg‘ulot oldidan qizib olish vaqtida kichik muammoga duch keldi. Hozircha bu jiddiy ko‘rinmayapti.

Madridga yetib borganimizdan keyin uning holatini baholaymiz va tiklana oladimi-yo‘qmi, ko‘ramiz. Albatta, futbolchi uchun xavf tug‘diradigan hech qanday ish qilmaymiz.

Hozircha jarohat jiddiy ko‘rinmayapti, ammo uning tiklanib, qolgan uchrashuvlardan birida maydonga tusha olishi yoki olmasligini hozircha bilmaymiz", — dedi de la Fuente.

Shu tariqa, Erik Garsiyaning Ispaniya terma jamoasining keyingi bahslarida ishtirok etishi hozircha so‘roq ostida qolmoqda.

Kiritildi: 12:14, 27.09.2026.
O'qildi: 601 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик