"Barselona" yarim himoyachisi Pedri Ispaniya milliy terma jamoasi safida muhim marraga erishdi.
23 yoshli futbolchi UYEFA Millatlar ligasi 1-turida Angliyaga qarshi "Uembli"da o‘tkazilgan uchrashuvda milliy jamoadagi 50-o‘yinini o‘tkazdi. Ispaniya mazkur bahsda 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Pedri Ispaniyaning asosiy terma jamoasida 2021 yil 25 mart kuni Gresiyaga qarshi bahsda debyut qilgan. 50-o‘yinigacha u milliy jamoa safida 6 ta gol urgan va 33 ta g‘alabada ishtirok etgan edi.
Shu vaqt ichida yarim himoyachi Ispaniya bilan Yevro-2024 g‘olibi bo‘ldi, 2026 yilgi jahon chempionatida ham chempionlikni qo‘lga kiritdi. Mundial finalida Argentinaga qarshi bahsda Pedri ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan edi.














