Kirish Ro'yxatdan o'tish

Infantino jahon futboli kelajagi haqida bayonot berdi

Infantino jahon futboli kelajagi haqida bayonot berdi

Baho:
+ | -2
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

FIFA prezidenti Janni Infantino Saudiya Arabistoniga amaliy tashrifi chog‘ida jahon sportining kelajagi haqida fikr bildirdi. U futbol jamoatchiligini o‘zaro hurmat va konstruktiv muloqotga chaqirdi.

«Xatimdan keyin barchadan fikr-mulohaza kutyapman. Dunyoning turli nuqtalaridan allaqachon ijobiy xabarlar oldim. Hozir esa bir-birimizni tinglashni davom ettirish juda muhim. Muloqot va hurmat madaniyati bo‘lishi kerak. Gap matbuotda chiroyli sarlavhalar yaratish haqida emas, balki futbol uchun to‘g‘ri qarorlar qabul qilish haqida ketyapti. Bu masalada hech qachon hozirgidek qat’iy bo‘lmaganman», — dedi Infantino ESPN’ga.

Avvalroq Angliya Premyer-ligasi, Bundesliga, La Liga va A Seriya FIFAda islohotlar o‘tkazishga chaqirgan qo‘shma bayonot bilan chiqqan edi.

FIFA, shuningdek, jahon chempionatining ayrim tijoriy huquqlarini sotish rejalari sabab tanqidlarga uchradi.

Kiritildi: 12:29, 27.09.2026.
O'qildi: 429 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик